
"Grand Slam Tashkent - 2021". Bugungi kun dasturida jami 17 ta dzyudochimiz g‘oliblik uchun kurashga kiradi (vakillarimiz ro‘yxati)
Bugun "Humo Arena" sport saroyida dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turnirining so‘nggi kun bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda erkaklar o‘rtasida -90, -100, +100 kg vazn toifalarida, ayollar o‘rtasida esa -78, +78 kg vazn toifalarida dzyudochilarimiz medallar uchun kurashadi.
Jumladan, erkaklar o‘rtasida -90 kgda: Doston Meyliev, Shermuhammad Jandreev, Ozodbek Murotov, Davlat Bobonov; -100 kg vaznda: O‘tkirbek Turoboev, Aqlmurodbek Xudoyberdiev, Shahboz Po‘latov, Muzaffarbek Turoboev; +100 kgda esa: Sherali Jo‘raev, Islombek Ravshanqulov, Alisher Yusupov, Shohruh Baxtiyorov bellashadi.
Qizlarimizdan -78 kg vaznda: Irisxon Qurbanbaeva, Mohinisaxon Husanova, Nodira Yo‘ldosheva, Shohista Anarova; +78 kg vazn toifasida Rinata Ilmatova medallar uchun bel olishadi.
Fikrlar