
"Grand Slam Tashkent". - 60 kg vaznda Baratovga iordaniyalik, Nurillaevga moldovalik dzyudochilar raqiblik qiladi, yana 2 ta jangchimiz avtomatik ravishda keyingi bosqichga chiqadi
Hozirgina, "Grand Slam Tashkent" musobaqasining qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. -60 kggacha bo‘lgan vazn toifasidagi sportchilarimiz o‘z raqiblarini bilib oldi.
Dilshodbek Baratov ilk bosqichda iordaniyalik Bilal Almansurga qarshi bahs olib boradi. Kamron Nurilloev moldovalik Nikolae Fokaga qarshi tatamiga ko‘tariladi.
Ushbu vazn toifasidagi 2 nafar vakilimiz: Sharofiddin Lutfillaev va Mirzohid Mahammadjonov qur’a natijasiga ko‘ra, kelgusi bosqichga avtomatik tarzda yo‘l oladi. Lutfillaevning raqibi Savva Karakizidi (Gretsiya) va Artyom Kolasau (Belarus) kurashida aniqlanadi. Mirzohid esa, keyingi bosqichda afg‘onistonlik Alikozay Zelgayga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar