
"Grand Slam Tbilisi". Terma jamoamiz a’zolari o‘z raqiblarini bilib oldi
Ertaga Gruziyaning Tbilisi shahrida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turniri start oladi.
Biroz avval musobaqaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etuvchi ushbu musobaqada dunyoning 5 qit’asi 80 ta davlatidan jami 465 (253 erkak, 212 ayol) nafar dzyudochilari qatorida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.
Qur’a natijalari:
ERKAKLAR
-60 kg vazn toifasi
Sharofiddin Lutfullaev - Shahboz Saidaburorov (Tojikiston) ikkinchi davra
Kemran Nurillaev - Jojua Katts (Avstraliya) ikkinchi davra
-66 kg vazn toifasi
Muhriddin Tilovov - Dmitriy Shershan (Belarus) ikkinchi davra
Sardor Nurillaev - Ari Berliner (AQSh)/Aybolat Estibay (Qozog‘iston)
-73 kg vazn toifasi
Murodjon Yo‘ldoshev - Matteo Medves (Italiya) birinchi davra
Obidxon Nomonov - Maxmadbek Maxmabdekov (Rossiya) birinchi davra
-81 kg vazn toifasi
Suhrob Tursunov - Ruslan Mussaev (Qozog‘iston)/Kell Berliner (AQSh)
-90 kg vazn toifasi
Davlat Bobonov - Farux Bulekulov (Qirg‘iziston)/Salih Sefan (Iordaniya)
Shermuhammad Jandreev - Rafael Masedo (Braziliya) ikkinchi davra
-100 kg vazn toifasi
Muzaffarbek To‘raboev - Reda Nafva (Qatar)/Aslan Mirzaev (Ozarbayjon)
+100 kg vazn toifasi
Shohruh Baxtiyorov - Erassil Kajibaev (Qozog‘iston) birinchi davra
Alisher Yusupov - Daniel Allerstorfer (Avstriya)
QIZLAR
-48 kg vazn toifasi
Xalimajon Qurbonova - Francheska Milani (Italiya) birinchi davra
-52 kg vazn toifasi
Diyora Keldiyorova - Xorloodoy Bishrelt (Mo‘g‘uliston) birinchi davra
Sita Kadambaeva - Brilitt Gamarra (Peru) birinchi davra
-63 kg vazn toifasi
Farangiz Hojieva - Izabel Puche (Ispaniya) ikkinchi davra
-70 kg vazn toifasi
Gulnoza Matniyazova - Assmaa Nyang (Marokash) birinchi davra
-78 kg vazn toifasi
Irisxon Qurbonboeva - Antonina Shmeleva (Rossiya) ikkinchi davra
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar