
Grizmann nomini tarixga muhrladi
“Atletiko”ning frantsiyalik hujumchisi Antuan Grizmann Ispaniya chempionatining navbatdagi turida “Xetafe” darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qildi va jamoasining 3:3 hisobidagi durang natijasini ta’minladi.
Bu bahs Grizmann uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi.
Opta Sport nashrining ma’lum qilishicha, frantsiyalik forvard Madrid klubidagi gollari sonini 173 taga etkazib oldi va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar Luis Aragonesga etib oldi.
Bundan buyon Grizmanning “Atletiko” safidagi har bir goli yangi rekord sifatida qayd etilaveradi.
32 yoshli futbolchi professional faoliyatining asosiy qismini “Atletio”da o‘tkazmoqda. 2019 yilning yozida “Barselona” Antuanni 120 million evroga transfer qilgandi. Biroq mohir to‘purar kataloniyaliklarning o‘yin uslubiga moslasha olmadi va ortga qaytishiga to‘g‘ri keldi.
Antuan Grizmann klublar miqyosida jami 668 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 260 ta gol va 113 ta assist rasmiylashtirgan.
Frantsiya terma jamoasida Antuan 127 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 44 marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar