Gulnoza Matniyozova hisobimizga kunning ilk medalini taqdim etdi
Ayni daqiqalarda Toshkent shahridagi "Humo Arena" sport saroyida dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Final raundlari davom etmoqda.
Ayollar o‘rtasida -70 kg vazn toifasida bronza medali uchun kechgan bellashuvda Gulnoza Matniyozova sloveniyalik Anka Pogachnikka qarshi tatamiga chiqdi.
Bu O‘zbekiston vakillarining bugungi kun dasturidagi ilk medali hisoblanadi.



Fikrlar