G‘uzorda Qashqadaryo futboli faxriylari o‘zbek faxriylari bilan bellashishdi

  • 15 fevral, 2024, 13:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuni-kecha G‘uzor shahrida katta futbol bayrami bo‘lib o‘tdi.

Tecno

14-fevral kuni G‘uzorda “Sho‘rtan” hamda Muborakning “Mash’al” jamoalari hamkorligida futbol festivali tashkillashtirildi. G‘uzor “Markaziy” o‘yingohida viloyatimiz va yurtimiz futbol faxriylari jam bo‘lishdi. Futbol bayramidan oldin viloyatimiz futboli rivoji yo‘lida munosib hissa qo‘shgan faxriylar “Sho‘rtan” futbol klubi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, mamlakatimiz futbolini rivojlantirish yo‘lida munosib xizmat qilib kelayotgan jamoamiz bosh menejeri Shamil Yarulin O‘zbekiston Futbol Assosiatsiyasi tomonidan ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Tadbir o‘zbek futboli faxriylari qashqadaryolik futbol faxriylariga qarshi maydonga tushishdi. Gollarga boy bo‘lgan bellashuvda 4:4 hisobi qayd etildi. Do‘stlik g‘alaba qozondi.

Futbol uchrashuvidan so‘ng mehmonlar “Sho‘rtan” futbol klubi qoshida futbol uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuqori darajada ekanligini va bundan unumli foydalangan holda jamoa Superligaga chiqishi va o‘zbek futboli uchun yangidan-yangi nomlarni kashf etish zarurligini ta’kidlab o‘tishdi.

hudfbhj

vfyf_1

 

photo_2024-02-15_02-10-23_1

photo_2024-02-15_02-10-34

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!