
Gvardiola Alonsoning "Bayer"i haqida: "Qoyil, "Bayer" - joriy mavsum barcha turnirlarda yutqazmagan yagona jamoa. Lekin..."
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso va uning jamoasi qayd etayotgan ko‘rsatkichlar haqida gapirdi.
"Qoyil, "Bayer" - joriy mavsum barcha turnirlarda yutqazmagan yagona jamoa va ular "Bavariya"ning gegemonligini yakunlashga harakat qilishyapti.
Hozir ular 8 ochkolik farq bilan 1-o‘rinni egallab turishibdi. Biroq hammasi yakunlangan, deb o‘ylagan vaqtingiz sovrinni boy berib qo‘yishingiz mumkin. Bu eng alam qiladigan narsa - tugamagunga qadar siz xulosa chiqarmasligingiz lozim.
Ular hozir nafaqat Bundesliga, balki Evropa ligasi va Germaniya kubogida yutqazmadi. Men Alonsodek ajoyib iqtidor sohibiga bosh murabbiy bo‘lganimdan faxrlanaman. U aql bovar qilmaydigan darajada aqlli futbolchi edi", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, Gvardiola 2014 yildan 2016 yilgacha "Bavariya"da Xabi Alonsoga bosh murabbiylik qilgan.
Fikrlar