
Gvardiola “Barsa”ga “o‘tkir” maslahat berdi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zining qadrdon jamoasi “Barselona” o‘yin uslubi bo‘yicha maslahatlarini berdi.
- Mening nazarimda, “Barselona” o‘zining o‘yin modelini saqlab qolishi kerak. Atrofidagilar bu jamoaga boshqacha qarashadi. Bu klub o‘ziga xosligi bilan hammaning e’tibor va ehtiromini qozongan, - dedi Xosep Gvardiola.
Gvardiola futbolchilik faoliyatida “Barselona” sharafini himoya qilgan. Bundan tashqari 2008-2012 yillarda kataloniyaliklarga ustozlik qilgan.
Keyinchalik “Bavariya” bilan ham katta yutuqlarni qo‘lga kiritgach, 2016 yili “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tdi. Uning qo‘l ostida “shaharliklar” olti marotaba Angliya chempioni bo‘ldi, xalqaro miqyosda nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar