
Gvardiola: "Bizni 9 ta final kutmoqda"
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida "Manchester Siti" "Brayton" bilan bahs olib borib, 2:2 hisobida durang natija qayd etdi. Ushbu bahsdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etib, bo‘lajak uchrashuvlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Albatta, hammamiz bosimni his qilyapmiz, lekin vaziyat shunday. Biz yaxshiroq o‘ynashimiz kerak.
Men har doim o‘zimga ishonaman, bunda ustaman. Shubhalanadigan paytlar bo‘lishi mumkin, lekin men har doim ijobiy fikrlayman va to‘g‘ri yondashuvni topaman.
Bilaman, oldinda bizni ko‘plab qiyinchiliklar kutmoqda, chunki bizni to‘qqizta final kutib turibdi” - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Gvardiola boshchiligidagi "shaharliklar" APLda 29 ta uchrashuv o‘tkazib, 48 ochko to‘plagan holda, turnir jadvalining 5-o‘rinida kelmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, manchesterliklar navbatdagi bellashuvini 30 mart kuni "Bornmut"ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30 da start oladi.
Fikrlar