
Gvardiola: Endi bu o‘yinchini qo‘yib yubormaymiz!
“Manchester Siti”ning 22 yoshli o‘yinchisi Jeyms Makeytiga Germaniyaning amaldagi chempioni - Leverkuzenning “Bayer” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumkor futbolchining jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabati ma’lum bo‘ldi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, ispaniyalik mutaxassis bu futbolchini qo‘yib yubormaydi. “Manchester Siti” mutasaddilari ham bu o‘yinchi yaqin kelajakda asosiy tarkibning muqim o‘yinchisi bo‘lishiga ishonadi.
Makeyti “Siti” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Orada ikki marotaba “Sheffild Yunayted”da ijarada o‘ynab kelgan.
Joriy mavsumda birinchi jamoa tarkibida barcha turnirlarda 15 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga beshta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar