
Gvardiola Husanovdan keyin yana Frantsiyadan o‘yinchi oladigan bo‘ldi
“Manchester Siti”ning qishki transferlari o‘zini oqladi. Ayniqsa, Frantsiya chempionatidan kelgan Abduqodir Husanov qisqa fursat ichida “shaharliklar”ning ishonchini qozona oldi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Xosep Gvardiola Frantsiya ligasidan yana bir futbolchini ko‘z ostiga olib qo‘ydi. Unga “Monako” tayanch yarim himoyachisi Lamin Kamaraning harakatlari ma’qul kelmoqda.
Sports Keeda nashrining yozishicha, Kamaraga manchesterliklardan tashqari, “Chelsi”, “Liverpul” va “Tottenxem” ham ko‘z tikmoqda.
21 yoshli senegallik o‘yinchini monakoliklar o‘tgan yozda “Mets”dan 15 million evroga transfer qilgan edi.
Jisomnan baquvvat yarim himoyachi uchrashuvlar davomida to‘pni olib qo‘yish qobiliyati, ijodkorligi va aniq pas uzatish mahorati bilan ajralib turibdi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, bu futbolchining xaridorlari ko‘payib bormoqda. “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Liverpul” va “Tottenxem”dan tashqari “Nyukasl”, “Bornmut”, “Aston Villa” hamja “Brayton” kabi klublar ham Frantsiya chempionatiga o‘z skautlarini yuborib, Lamin Kamaraning o‘yinini tahlil qilib bormoqda.
Fikrlar