Gvardiola "Manchester Siti" futbolchilarining vaznini kuzatishni reja qilmoqda
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Rojdestvo bayramida jamoasi futbolchilarining vazn yig‘ishini kuzatib borishni rejalashtirmoqda.
"Ular eyishlari mumkin, lekin men ularni nazorat qilishni xohlayman. "Nottingem Forest" bilan 27-sana uchun tarkib tanlashim kerak. Tasavvur qiling, o‘yinchi hozir juda yaxshi sport formasida, lekin uch kilogramm ortiqcha vazn bilan qaytmoqda. U Manchesterda qoladi va Nottingemga bormaydi. Bu aniq", - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.
"Manchester Siti" Angliya chempionatida 17 ta o‘yin o‘tkazib, ochkolari sonini 37 taga etkazib oldi va musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Turnirda Londonning "Arsenal" klubi 39 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar