Gvardiola "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin
Xosep Gvardiolaning “Manchester Siti” bosh murabbiy sifatidagi so‘nggi mavsumi bo‘lishi mumkinligi haqida mish-mishlar paydo bo‘la boshladi. Shu bilan birga, yakuniy qaror mavsum yakunlanishiga yaqin qabul qilinish ta’kidlanmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “shaxarliklar” Gvardiola bilan xayrlashish ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Murabbiy almashinuvi ro‘y bergan taqdirda rahbariyatning asosiy nomzodlaridan biri hozirda “Chelsi”da ishlayotgan Enso Mareska bo‘ladi.
Mareska avvalroq ispaniyalik mutaxassisning murabbiylar shtabida ishlagan, shuningdek, klubning yoshlar jamoasiga ham rahbarlik qilgan. U yaqin kelajakda “aristokratlar”dagi lavozimidan ozod etilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Xosepning "Siti" bilan tuzgan bitimi 2027 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar