Gvardiola "Manchester Siti"ning zich taqvimi haqida gapirdi

  • 4 noyabr, 19:41
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti»"bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning zich o‘yin jadvali haqida o‘z fikrlarini bildirdi. "Shaharliklar" chorshanba kuni Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 4-turida Dortmundning "Borussiya" jamoasini qabul qiladi.

Tecno

Gvardiolaning aytishicha, jamoa o‘yin oldidan ertasiga mashg‘ulot o‘tkazadi:

"Biz ertaga tongda mashg‘ulot qilamiz. Bu men uchun oddiy holat. Ba’zan shunday tanlov menga ma’qul keladi. "Bornmut"ga qarshi bellashuv juda qiyin o‘tdi, shuning uchun bugun dam olishni, ertaga esa mashg‘ulot o‘tkazishni ma’qul ko‘rdim".

"Borussiya" ko‘proq dam olgani haqida:

"Biz bunday holatlarga ko‘nikkanmiz. Hech kim taqvimni o‘zgartirmaydi. Germaniyada, Frantsiyada Chempionlar Ligasida o‘ynayotgan jamoalar odatda juma kungi o‘yinga qo‘yiladi, shunda ularda tiklanish uchun ko‘proq vaqt bo‘ladi. Bu menga yoqmaydi, lekin qoida shu", — dedi Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!