Gvardiola: “Men Husanovni emas, o‘zimni ayblashim kerak”

  • 2 fevral, 04:45
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Arsenal"ga qarshi muhim bahsdan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Ispaniyalik mutaxassis qishki transferlar oynasida "shaharliklar" safiga yangi qo‘shilgan hamyurtimiz Abduqodir Husanov haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi.

"Bilasizmi, bu mavsumda nechta markaziy himoyachi Abduqodir qilgan xatoga yo‘l qo‘ydi?!

Men Husanovni ayblamayman, aksincha, o‘zimni ayblashim kerak – qanday qilib hali hamon himoyada qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ymoqdamiz. Shu bois, jamoam bilan birga, himoya chizig‘imizni yaxshilashimiz zarur.

Men ilgari hech qachon barchaning oldida futbolchilarimni ayblamaganman, hozir ham shunday yo‘l tutaman. Ayniqsa, atigi bitta mashg‘ulotdan keyin jamoaga qo‘shilgan o‘yinchining xatosini tanqid qilib bo‘lmaydi. Hozirgi kunda 20 yoshli himoyachiga yordam berishimiz kerak.

Agar men Husanovning o‘rnida bo‘lsam – yangi mamlakat, yangi Premer liga, yangi jamoa, yangi til va ilgari hech qachon eshitmagan narsalar. Bundan tashqari, Koul Palmer, Nikolas Djekson kabi o‘yinchilarga qarshi o‘ynash – juda qiyin vazifadir. Rostini aytsam. men ham o‘zbekistonlik futbolchiga yordam berishni istardim.

Abduqodirning xatosidan so‘ng jamoadoshlarining unga bo‘lgan darhol reaktsiyasi juda yoqimli bo‘ldi. Bu vaziyat esa shaxsan menga yoqdi. Futbolchilar kerakli vaqtda, yosh iste’dodli himoyachiga dalda bo‘la olishdi” – deya ta’rif berib o‘tdi, 54 yoshli murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, bugun Gvardiola boshchiligidagi manchesterliklar Londonning "Arsenal" klubi bilan kuch sinashadi. Mazkur to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!