Gvardiola: Men ketaman

  • 18.09.2021 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola va klub muxlislari harakati rahbari Kevin Parker o‘rtasida tushunmovchilik yuzaga keldi. "RB Leyptsig"ga qarshi o‘yindan so‘ng, Gvardiola iloji boricha ko‘proq muxlislarni kelishga va keyingi o‘yinda jamoani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Parker ispaniyalik mutaxassis tomoshabinlar kamligidan shikoyat qilayotganini sezdi va bunga javoban Xosep murabbiylik vazifalariga ko‘proq e’tibor qaratishi kerakligini aytdi.

“Bu odamning so‘zlaridan hayronman. Men faqat qo‘llab-quvvatlash kerakligini aytdim. 10 ming, 50 ming, 40 ming tomoshabin - bu muhim emas. Men shunchaki odamlarni stadionga taklif qildim. Janob Parker aynan mening aytgan gaplarimni qayta ko‘rib chiqishi kerak.

Agar menda "Manchester Siti" muxlislari bilan muammolar bo‘lsa, men ketaman. Bu muammo emas. Men ham shunday muxlislardanman. Birinchi kundan boshlab men o‘z ishimni bajarishga harakat qildim. Agar odamlar mendan mamnun bo‘lmasa, men ketaman. Bu aniq”, - dedi Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mirzaboev Bahodir
18/09/2021 16:49
Gvardiola Ispaniya termajamoasini boshqarishi kerak. Hozir u Ispaniya terma jamoasiga juda kerak.