Gvardiola muvaffaqiyatsizlikning asosiy sabablarini ochiqladi

  • 3 fevral, 01:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Arsenal"ga qarshi bahsdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi. Ispaniyalik mutaxassis alamli mag‘lubiyat haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Men faqat o‘yinning so‘nggi 20-25 daqiqasidan afsuslanaman. Biz 70 daqiqada nima qilgan bo‘lsak, o‘yinning oxirigacha ham davom ettirishimiz kerakligini unutdik. Bu stadionda "Arsenal"ga qarshi o‘yinni qoniqarsiz boshlash, tabiiy holatdir. Bu voqea esa mavsum davomida ko‘p marta sodir bo‘ldi.

Shunday bo‘lsa ham uchrashuvning 10-15 daqiqasidan keyin o‘yinni o‘z nazoratimizga olib, juda yaxshi o‘ynadik. Hisob tenglashganda esa yaxshi momentda edik.

Keyinchalik biz uchinchi goldan so‘ng nima qilishimiz kerakligini, himoyada qanday harakat qilish kerakligini bilmay qoldik. Albatta, bunday o‘ynaganimizdan keyin raqib futbolchilari tezkorlikni oshirib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirishdi. So‘nggi 10 15 daqiqani inobatga olmasak, biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik.

Biz ortda qolgan o‘yinlarda juda ko‘p narsalarni berib qo‘ymoqdamiz. Jamoam bilan xatolarni tahlil qilib, uning ustida juda qattiq ishlaymiz.

Agar siz bunday muhim bellashuvlarda g‘alaba qozonmoqchi bo‘lsangiz, 95-daqiqada ham nazoratni qo‘ldan chiqarmasligingiz kerak bo‘ladi. Shuni ham albatta ta’kidlashim zarur, shogirdlarim bu to‘qnashuvda yana 3 ta gol urishi mumkin edi" - deya mag‘lubiyatga ta’rif berib o‘tdi, 54 yoshli murabbiy. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!