Gvardiola o‘ziga yoqmagan yulduzni jamoada olib qolmadi
“Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Rahim Sterling “shaharliklar” safida qolish istagini bildirdi.
Biroq, ilgari bu o‘yinchi bilan yuzaga kelgan mojaroli vaziyatlarni unutmagan bosh murabbiy Xosep Gvardiola Sterling bilan suhbatda unga asosiy tarkibdan joy berilishini kafolatlamadi.
Bosh murabbiyning qarorini qabul qilishga majbur bo‘lgan angliyalik o‘yinchi endi o‘ziga yangi jamoa topishi kerak.
Ma’lumotlarga qaraganda, Sterlingga “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z jamoasidan joy berishga tayyor.



Fikrlar