Gvardiola: "Real"ga qarshi o‘yinda menda hech qanday "qasos" hissi yo‘q" (matbuot anjumani)

  • 10 dekabr, 03:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida "Real"ga qarshi bo‘ladigan o‘yin oldidan fikr bildirdi.

Tecno

O‘tgan mavsumda "Madrid" pley-offning birinchi bosqichida "Siti"ni ikki o‘yinda mag‘lub etib (3:2, 3:1), musobaqadan chiqarib yuborgan edi. "Qirollik klubi"ning hujumchisi Kilian Mbappe oyog‘idagi og‘riq tufayli mashg‘ulotlarda umumiy guruh bilan shug‘ullanmadi va bu safarda maydonga tushmasligi mumkin.

– Mbappening yo‘qligi sizga tinchlik baxsh etadimi? O‘tgan yilgi mag‘lubiyat uchun “qasos” olish istagi bormi?

– Men Mbappesiz ham "Real"ga ko‘p marta qarshi o‘ynaganman va ular doim kuchli bo‘lgan. Biz o‘zimizga e’tibor qaratishimiz kerak, ularga emas. "Qasos" degan so‘z menga yoqmaydi. Men "Real"ga qarshi ko‘p marta g‘alaba ham qilganman, mag‘lub ham bo‘lganman.

Ertangi o‘yin — biz uchun yaxshi sinov. Unga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqchimiz, chunki bu juda muhim va qo‘zg‘atuvchi bellashuv.

Pep Guardiola, head coach of Manchester City, attends his press conference ahead of their UEFA Champions League 2025/26 match against Real Madrid CF...

– Mbappe maydonga tushmasa, katta o‘zgarish bo‘ladimi?

– Yo‘q. Mbappe albatta o‘ziga xos futbolchi va uning bo‘lishi "Real" uchun katta plyus. Ammo u o‘ynamasa ham, Vinisius, Rodrigo kabi top futbolchilar bor. Qaysi tarkib bo‘lishidan qat’i nazar, biz uchun oson bo‘lmaydi. Bu stadionda o‘ynash juda og‘ir ekanini bilamiz.

Kylian Mbappe of Real Madrid looks on during the LaLiga EA Sports match between Real Madrid CF and RC Celta de Vigo at Estadio Santiago Bernabeu on...

– "Bernabeu"ga kelish uchun eng to‘g‘ri vaqt shu emasmi?

– Bu savolga aniq javob yo‘q. Mening tajribamda "Real"ga qarshi o‘yinlar doim qiyin bo‘lgan. "Siti"ga kelganimdan beri ularga besh-olti marta qarshi o‘ynaganman — va har doim og‘ir kechgan.

Ayniqsa Chempionlar ligasida jamoaning formasi ko‘p narsani hal qilmaydi. Chunki muhim o‘yinlarda ular darajasini yanada ko‘tarishadi. "Real"dan yaxshi o‘yin kutyapman — bu erda o‘ynash qanchalik mushkulligini o‘z tajribamdan yaxshi bilaman.

Real Madrid Cf group photo during the La Liga EA Sports match between Real Madrid CF and RC Celta played at Santiago Bernabeu Stadium on December 07,...

– Bu yilgi "Real" o‘tgan mavsumdagidan kuchlimi?

– Rostini aytsam, bu mavsum ularning ko‘p o‘yinini ko‘rmaganman. Fikrim faqat shu hafta tahlil qilgan narsalarimizga asoslanadi. Ular ko‘proq pressing qiladi, ko‘proq bir-birga qarshi o‘ynaydi. Ertaga shunday bo‘ladimi — bilmayman.

Bir narsani aniq bilaman: bu stadionda o‘ynash doim og‘ir. Ertangi bellashuv juda hayajonli bo‘ladi.

Pep Guardiola, head coach of Manchester City, attends his press conference ahead of the UEFA Champions League 2025/26 match against Real Madrid CF at...

Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak to‘qnashuv bugun Toshkent vaqti bilan 01:00’da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!