
Gvardiola “Siti”nig mag‘lubiyatlar seriyasi qachon tugashini aytdi
Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” 11-tur uchrashuvida “Brayton” mehmoni bo‘lib, bellashuvni 1:2 hisobida boy berdi.
Bu Xosep Gvardiola shogirdlarining barcha turnirlarni qo‘shib-hisoblaganda ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.
Ispaniyalik mutaxassis jamoa qachon yana ijobiy ko‘rsatkichlar qayd eta boshlashini va buning uchun nimalar kerakligini aytib o‘tdi.
- Jarohatlangan o‘yinchilarimiz safga qaytganidan keyin biz yana kuchayamiz. Natija hammaga, ya’ni butun tarkibga bog‘liq. Shogirdlar maydonga qaytganida yana juda zo‘r formaga kirishimizga hech qanday shubham yo‘q, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar