Gvardiola Xoland, Silva va jamoaning asosiy muammosi haqida ochiq gapirdi (matbuot anjumani)

  • 20.12.2025 23:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Vest Xem"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va bir necha qiziqarli savollarga javob berdi. 
 
Jamoa hujumchisi Erling Xoland va jamoaning to‘p bilan ishlashi haqida: 
 
— Albatta, gollar uchun har doim Erling Xolandga rahmat aytishim kerak. Lekin himoyada biz yaxshilanyapmiz, deb o‘ylayman, buni ko‘rish mumkin. Ammo to‘p bilan o‘ynashimiz juda orqada qolyapti. 
 
To‘p bilan o‘yinni yaxshilamasak, mart–aprel oylarida sovrinlar uchun kurasha olmaymiz. 

Erling Haaland of Manchester City gestures as he stands in the defensive wall during the Premier League match between Manchester City and West Ham...
 
Bo‘lajak bayram oldidan: 
 
— Men futbolchilarga: "Men xursandman, hammaga Rojdestvo muborak",- dedim. Lekin agar yaxshilanmasak, bu etarli bo‘lmaydi. 
 
O‘yindagi raqib jamoaning imkoniyatlari haqida: 
 

— Agar ular hisobni 2:1 qilganida, "Vest Xem" albatta 2:2 ni urar edi — qasam ichaman! Ishoning, men kelajakni yoki o‘tmishni biladigan sehrgar emasman, lekin aynan shunday bo‘lardi. 

West Ham United's Jarrod Bowen applauds the fans at the final whistle during the Premier League match between Manchester City and West Ham United at...
 
Bernardu Silva haqida: 
 
— Eh xudoyim, Bernardu Silva — mening zaif nuqtam. U juda kuchli. Lekin bugun u yaxshiroq o‘ynashi kerak edi. Bugun undan mamnun emasman. U mening sevimli o‘yinchim, lekin bugun undan rozi emasman. 
 
Jamoa yaxshiroq, erkinroq o‘ynashi uchun nimalar kerakligini aniq biladi. Unda raqobat qilish hissi, o‘yinni his etish qobiliyati bor. Bernardu yaxshi va qiyin pallalarda jamoani bir bosqich yuqoriga olib chiqishga qodir. Uni ajratib turadigan jihat ham shu. 

Bernardo Silva of Manchester City during the Carabao Cup Quarter Final match between Manchester City and Brentford at Etihad Stadium on December 17,...
 
Ayrim stadionlardagi qiyinchiliklar haqida: 
 

— Hamma joyda o‘ynay oladigan futbolchilar bor, lekin "Santyago Bernabeu", "Kamp Nou", "Milan", "Liverpul"ning stadionlarda o‘ynay oladiganlar juda kam. Ayrim futbolchilar eng katta sahnalar uchun yaratilgan, hayot yoki o‘lim uchun o‘ynaydi — Bernardu Silva shundaylardan biri. 
 
Gvardiola bilan suhbat haqida: 
 
— Xorvatiya qanday joyligini, ta’til qanday o‘tishi mumkinligi haqida gaplashdik. Men Rojdestvoda 94 yoshli otamni ko‘rish uchun bir necha kunga boraman, keyin esa Xorvatiya sohillariga yo‘l olaman. Shuning uchun "qaerga borishim kerak?", - deb so‘radim. 
 
Javobim yoqdimi? Yaxshi. Bu rost emas, lekin farqi yo‘q, to‘g‘rimi?. 

Pep Guardiola, Manager of Manchester City, talks with Josko Gvardiol of Manchester City after the Premier League match between Manchester City and...
 
"Manchester Siti" mavsum so‘nggida chempionlik uchun kurashayotgan jamoalar orasida bo‘ladimi? 
 
— Ha, biz o‘sha erda bo‘lamiz. Agar futbolchilar menga ergashsa, albatta o‘sha erda bo‘lamiz. Lekin yaxshilanishimiz shart! 
 
Motivatsiya bor. Bu o‘tgan mavsumda yo‘q edi: tajovuzkorlik, ochlik, g‘alabaga chanqoqlik — jamoaga kerak bo‘lgan barcha jihatlar bor. Gap faqat yorqin lahzalar haqida emas. 

 
Lekin keyingi qadam — umid qilamanki, Rodri qaytib keladi — biz yanada yaxshiroq o‘ynaymiz.

Erling Haaland of Manchester City celebrates scoring his team's third goal with teammates during the Premier League match between Manchester City and...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!