Gvardiola Xolanddan hafsalasi pir bo‘lganini aytdi

  • 19 oktabr, 12:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” futbolchilari Angliya Premer-Ligasining sakkizinchi turida Erling Xolandning dubli evaziga “Everton”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va chempionlik kurashiga qaytdi.

Tecno

O‘yindan keyin “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasi yutganiga qaramay, e’tirozlari ko‘pligini yashirgani yo‘q.

- Xoland bu o‘yinda ikkita emas, to‘rtta yoki beshta gol urishi kerak edi va bundan hafsalam pir bo‘ldi. Lekin biz faqat Erlingning gollariga suyanib qolmasligimiz kerakligini yaxshilab anglab olishimiz shart.

Xoland har doim o‘z joyida, ammo boshqalar ham gol urishi lozim. Agar vingerlar va hujumkor yarim himoyachilar to‘p kiritmasa, ko‘zlagan maqsadlarimizga erisha olmaymiz.

Erling biz uchun o‘ta muhim figura, biroq boshqalarning ham talanti unikidan kam emas. Har bir futbolchi yaratilayotgan vaziyatlardan unumli foydalanishi kerak, - dedi Xosep Gvardiola.

 25 yoshli Xoland sakkizta uchrashuvda 11 ta to‘p kiritib, Premer-liga to‘purarlari poygasida peshqadamlik qilmoqda. Xoland sakkizta o‘yinning teng yarmida raqiblar darvozasiga ikkitadan to‘p kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!