Gvardiola yangi sardorni qanday tanlaganini aytdi

  • 21 avgust, 20:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ga yangi sardor tayinlandi. Endi bu mas’uliyatni vazifani portugaliyalik hujumkor futbolchi Bernardu Silva bajaradigan bo‘ldi.  

Tecno

- Men Silvani bitta xususiyatiga ko‘ra tanladim. O‘tgan mavsumda biz juda jiddiy muammolarga duch keldik. Bernardu har doim yonimizda turdi. U tinimsiz mehnat qildi, har kuni kuchi boricha ishladi.

Tarkibimizda 13-14 ta o‘yin va akademiyadan chiqqan yoshlar qolgandi, har uch kunda yutqazardik. Bernardu Silva shunda ham elkama-elka turdi. Doim yordamga tayyorligi uchun ham u sardorlikka munosib.

Bernardu o‘z o‘rnidan tashqari, har ikki qanot himoyasida, tayanch zonada ham o‘ynashiga to‘g‘ri keldi. U juda zo‘r sardor bo‘la oladi, - dedi Xosep Gvardiola.

31 yoshli futbolchi “shaharliklar” safida 2017 yildan beri muntazam o‘ynab kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha tuzilgan va katta ehtimol bilan hamkorlik yana uzaytiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!