Gvardiola yaqin yillarda futbolga qaytadimi?

  • 24.05.2026 10:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xosep Gvardiola &quot-Manchester Siti&quot-dan ketganidan keyin ta’tilga chiqishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Ispaniyalik mutaxassis avvalroq &quot-shaharliklar&quot bilan xayrlashgach, terma jamoada ishlash istagi borligini aytgan edi. Biroq hozircha 55 yoshli murabbiyning aniq rejalari yo‘q.

&quot-Hozircha kelajak uchun hech qanday rejam yo‘q. Faqat dam olish va farzandlarim bilan o‘tkazolmagan vaqtni qoplashni istayman.

Angliya terma jamoasida ishlash haqida so‘rayapsizmi? Yaqin yillardagi rejalarim haqida gap ketsa, bir soniya ham futbolda ishlash haqida o‘ylab ko‘rmadim.

Menga dam olish kerak. Murabbiylik faoliyatim davomidagi 17-18 yil ichida yuz bergan barcha narsani tahlil qilib olishim lozim. Keyin nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi", — dedi Gvardiola.

Ma’lumotlarga ko‘ra, &quot-Manchester Siti&quot-da Pepning o‘rnini Enco Mareska egalashi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!