Gvardiolaning shogirdi “Barsa”dan ish so‘radi

  • 14 iyun, 2024, 23:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” asosiy tarkibiga kira olmagan Kelvin Filipps jamoasini o‘zgartirishga tayyor.

Tecno

28 yoshli futbolchi ikki yil muqaddam Xosep Gvardiola jamoasiga ko‘chib o‘tgan edi. Biroq raqobat tufayli asosiy tarkibdan chetda qoldi. Yakunlangan mavsumning ikkinchi yarmida “shaharliklar” uni “Vest Xem”ga ijaraga berib yuborgandi.

Kelasi mavsum ham Fillipsga o‘yin amaliyoti berilmaydi. Shu bois, tajribali futbolchi o‘z xizmatlarini “Barselona”ga taklif qildi.

Kataloniya klubi qishda Kelvinga qiziqish bildirgandi. Biroq jamoaga Vitor Rokening kelishi uning transferini to‘sib qo‘ydi.

Kelvin Fillipsga Angliya Premer-ligasining o‘zidan ham chorlovlar bor. Biroq u Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klubga o‘tmoqchi.

“Manchester Siti” bu o‘yinchini qo‘yib yuborishga tayyor. Ular 49 million evroga transfer qilingan Kelvin uchun 30 million evro talab qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!