
Gyuler: "O‘yin uslubini o‘zgartirish vaqt talab qiladi"
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler jamoaning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso qo‘l ostidagi o‘yin uslubi haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, Alonso Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati oldidan Karlo Anchelottini almashtirdi.
"Albatta, birinchi o‘yindan keyin ("Al-Hilol"ga qarshi, 1:1) g‘alabani qo‘lga kirita olmaganimiz uchun xafsalamiz pir bo‘ldi. Ammo biz bilamizki, yangi o‘yin uslubiga moslashish uchun vaqt kerak. Xabi aytganidek, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yakuniga qadar biz hozirgidan kuchliroq bo‘lamiz" — dedi Gyuler "Madrid Xtra" nashriga.
"Real" ikkinchi turda "Pachuka"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi va endilikda guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinni "Red Bull Zaltsburg"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar