Gyundog‘an “Barsa”ning o‘ziga va oilasiga qilgan munosabatiga e’tiroz bildirdi

  • 01.11.2023 16:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

“Manchester Siti” sardori Ilkay Gyundog‘an yozda “Barselona”​  taklifini qabul qilib, katta umidlar bilan Kataloniyaga kelgan edi.

Sport.es nashrining yozishicha, germaniyalik yulduz Kataloniyaga kelganidan keyin klubning unga qilgan munosabatidan norozi bo‘lgan.

Manbaning ta’kidlashicha, klub mutasaddilari Gyundog‘anga shahardan uy topishi, transportdan foydalanishi va maishiy masalalarni hal etishda umuman yordam bermagan.

Buning oqibatida Gyundog‘anlar oilasi o‘zlarini keraksizdek his qilgan va noqulayliklar kelib chiqqan.

Ilkay klub rahbariyatiga bu holat bo‘yicha shikoyat qilib, futbolchilarga munosabatni yaxshilash lozimligi bo‘yicha o‘z takliflarini berdi. Rahbariyat noqulayliklar uchun Gyundog‘andan uzr so‘ragani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Дувлан
02/11/2023 11:31
Барсани коттаси яхудиймикин,нима бало?