
Gyundogan "Barselona" tarixidagi beshinchi nemis futbolchisi bo‘ldi
"Manchester Siti"ning sobiq sardori Ilkay Gyundogan Manchesterdagi etti yillik faoliyatidan so‘ng Kataloinyaning "Barselona" jamoasiga ko‘chib o‘tdi. Ilkay kataloniyaliklar tarixidagi beshinchi nemis futbolchisi bo‘ldi.
O‘tgan asrda "ko‘k-anorranglilar"da o‘ynagan yagona germaniyalik futbolchi bu - Berndt Shuster edi. 21 asrda Robert Enke, Mark-Andre ter Shtegen, Kevin-Prins Boateng Kataloniya jamoasi sharafini himoya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining yangi mavsumi o‘n birinchi avgust kuni boshlanadi.
Fikrlar