Gyundogan "Barselona"ga o‘tmoqchi
Yarim himoyachi Ilkay Gyundogan "Manchester Siti"ni tark etishga qaror qildi. "Goal.com" nashrining xabar berishicha, germaniyalik futbolchi faoliyatini kataloniyalik "Barselona"da davom ettirishga qaror qilgan.
"Shaharliklar" Ilkayni qo‘yib yuborishni va unga yangi mehnat shartnomasi taklif qilishni istamayapti. Gyundogan Kataloniya poytaxtida yangi chaqiruv bo‘lishini istaydi.
Avvalroq OAVda "ko‘k-anorranglilar" Gyundogan bilan 1+1 sxemasi bo‘yicha shartnoma tuzishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
32 yoshli xavbek joriy mavsumda "Manchester Siti" safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar