Habib Nurmagamedov uchun tarixdagi eng zo‘r futbolchi kim?

  • 3 aprel, 2021, 09:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov kimni tarixdagi eng yaxshi futbolchi, deb hisoblashini aytdi.

Tecno

"Men uchun tarixdagi eng yaxshi futbolchi bu Krishtianu Ronaldu. U 2004 yildayoq Evropa chempionati finalida o‘ynagan. O‘shanda portugallar greklarga mag‘lub bo‘lgan. Joriy mavsum esa, A Seriyada to‘purarlik qilmoqda. Krishtianu 16 yildan buyon yuqori cho‘qqida turibdi va hali ham yuqori saviyada o‘ynab kelmoqda", - dedi Xabib UFC Russia ga bergan intervyusida.

36 yoshli Ronaldu 5 karra "Oltin to‘p" sohibi hisoblanadi. Bu borada undan faqatgina Lionel Messi yaxshiroq natijaga ega. 33 yoshli argentinalik futbolchining hisobida 6 ta “Oltin to‘p” sovrini mavjud.

Ronaldu joriy mavsum "Yuventus" safida jami 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 30 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!