Hakamga suv idishi uloqtirgan "Paxtakor" darvozaboni jarimaga tortildi, "Navbahor" futbolchisi esa 2 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

  • 26 avgust, 2020, 16:27
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. PFL rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, bir qator futbolchilar va rasmiylarga nisbatan turli xil sanktsiyalar qo‘llanildi.

Tecno

Coca Cola Superliga

Uchrashuv: “Qo‘qon-1912” – “Paxtakor”

Jarimaga tortildi: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor” futbolchisi)

Sabab: Uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda zaxira o‘rindig‘idan turib, bosh hakam tomonga plastik idishni uloqtirgani uchun

Qaror: Jarima intizom chorasi

 

Uchrashuv: “Surxon” – “Navbahor”

Jarimaga tortildi: Islombek Isoqjonov (“Navbahor” futbolchisi)

Sabab: Uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda raqib o‘yinchisiga tirsagi bilan yuz qismiga zarba bergani uchun

Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya va jarima intizom chorasi

 

Uchrashuv: “Surxon” – “Navbahor”

Jarimaga tortildi: Abdumalik Umirzakov (“Navbahor” rasmiysi)

Sabab: Uchrashuv davomida bosh hakam sha’niga nomaqbul so‘zlar ishlatgani va o‘zini nomunosib tutgani uchun

Qaror: 3 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya va jarima intizom chorasi

 

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati

Uchrashuv: “Metallurg” – “Stroitel-Zarafshon”

Jarimaga tortildi: Iskandar Mahmudov (“Stroitel Zarafshon” murabbiyi)

Sabab: Uchrashuv davomida bosh hakam qaroriga bir necha bor aralashgani uchun

Qaror: Jarima intizom chorasi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!