
Hakamlarni tayyorlash va malakasini oshirish uchun katta qadam tashlandi
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rasman Adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tdi. Bu haqda PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.
O‘zbekiston futbol hakamlari markazining asosiy maqsadi O‘zbekiston hududida futbol, ayollar futboli, mini futbol, sohil futboli, turli yosh toifasidagi bolalar va o‘smirlar futboli musobaqalarini boshqaruvchi hakamlar faoliyatini muvofiqlashtirilishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga, O‘zbekiston Professional futbol ligasiga ko‘maklashish, hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, ularni tashkiliy-boshqaruv faoliyatiga ko‘maklashishdan iboratdir.
Fikrlar