Hali tanilmagan vunderkind beshta grand talashyapti
Italiya chempionati vakili “Atalanta” markaziy himoyachisi Onest Ahanor faoliyatini qit’aning eng nufuzli va kuchli klublaridan birida davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.
17 yoshli futbolchini bir necha klub transferlar ro‘yxatiga kiritdi.
Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotlariga ko‘ra, Ahanorga “Bavariya”, “Arsenal”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Real” qiziqish bildirmoqda.
“Qirollik klubi” nigeriyalik futbolchi uchun taxminan 40 million yevro atrofida mablag‘ taklif qilishga tayyorligi aytilyapti.
Onest Ahanor joriy mavsumda “Atalanta” safida 17 ta o‘yin o‘tkazib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari bitta gol ham urdi. Transfermarkt portali vunderkindning qiymatini 25 million yevroga baholagan.
Fikrlar