Hamidjon Aktamov: G‘oliblar muhokama qilinmaydi
Coca Cola Superligasi 11-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Metallurg" hamda "Qizilqum" jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Unda navoiyliklar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida "Qizilqum" jamoasi bosh menejeri Hamidjon Aktamov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Bugun yana bir quvonchli kun guvohi bo‘ldik. Muxlislarimiz uchun, navoiyliklar uchun bayram. Sababi g‘alaba qozondik. Futbolchilar bergan ko‘rsatmalarimni to‘liq bajarishdi va o‘yinni nazorat qila oldik. Shogirdlarim o‘yindan o‘yinga moslashib bormoqda.
Hozircha yigitlarning jismoniy holati yaxshi. Ammo zarurat tug‘ilsa, tarkibdagi yoshlarga ham ko‘proq imkoniyat beramiz".

Fikrlar