
Hammasiga echim - pul. Osimxen superklubga o‘tyapti
“Napoli”ning uzoq tanaffusdan keyin chempion bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan Viktor Osimxen jamoasini o‘zgartiradigan bo‘ldi.
ll Matino nashrining ma’lum qilishicha, nigeriyalik to‘purar PSJ taklifini qabul qilishga tayyor.
Parijliklar mohir forvardga yiligi 13 million evro maosh ko‘rsatilgan to‘rt yillik bitim hozirlab qo‘ygan.
Bundan tashqari, PSJ mutasaddilari jamoadan ketayotgan Kilian Mbappening o‘rnini bosishi kutilayotgan Osimxen uchun “Napoli”ga 120 million evro miqdorida badal pulini to‘lashga roziligini bildirmoqda.
Viktor Osimxenning neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha tuzilgan. Transfermarkt portali hujumchini 110 million evroga baholagan.
Fikrlar