
Harri Keyn nemislarga gol urishni ko‘rsatib qo‘ydi
“Tottenxem” tarixidagi eng zo‘r to‘purar Harri Keyn “Bavariya”ga ko‘chib o‘tganidan keyin Bundesligada gol urish bo‘yicha rekord o‘rnata boshladi.
Bundesliganing navbatdagi turida myunxenliklar o‘z maydonida “Boxum” darvozasini javobsiz etti marta ishg‘ol qildi.
Angliyalik forvard zarbalaridan uchtasi raqib darvozasi to‘ridan joy oldi. Shu tariqa, Harri Keyn Bundesligadagi dastlabki beshta turda o‘z hisobiga sakkizta gol yozdirib qo‘ydi. Bundan tashqari, uning hisobida uchta assist bor.
Harri Keyn beshta turda gol+pas tizimi bo‘yicha 10 ball jamg‘arib, Bundesliga rekordini o‘rnatdi. Avvalgi eng yaxshi ko‘rsatkich, Erling Xolandga tegishli bo‘lib, norvegiyalik to‘purar o‘z davrida 8 ball jamg‘argan edi.
Fikrlar