Harri Keyn Ronalduni dog‘da qoldirdi

  • 19 dekabr, 2023, 13:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” hujumchisi Harri Keyn 2023 yilda urgan gollari sonini 51 taga etkazib oldi va bu borada birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Angliyalik forvard Bundesliganing 15-turida “Shtutgart” darvozasiga ikkita to‘p kiritdi. Keyn Evropaning kuchli beshlik ligalarida ham yangi mavsum to‘purarlar orasida ham eng ko‘p gol urgan hujumchi bo‘lib turibdi.

Yild davomida ko‘p gol urish bo‘yicha Harri Keyndan keyingi o‘rinlarni “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland va “An-Nasr” yulduzi Krishtianu Ronaldu egallagan. Har ikki o‘yinch yanvar oyidan beri 50 tadan gol urdi.

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe joriy yil davomida raqiblar darvozasini 49 marotaba ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!