Harri Keyn uchun ikki yetakchi da'vogar ochiqlandi
«Bavariya» hujumchisi Harri Keynga Angliyaning ikki yetakchi klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, forvardni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida bo‘lgan jamoalar — «Manchester Yunayted» va «Tottenxem». Hozirda Keynning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Angliya klublari hozircha transferni kelgusi mavsumlar uchun rejalashtirayotgani aytilmoqda.
Shu bilan birga, «Bavariya» rahbariyati hujumchi bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishishga ishonmoqda va uning jamoada qolishini afzal variant deb biladi.
Harri Keyn «Bavariya» tarkibida jami 147 o‘yin o‘tkazgan. U shu vaqt ichida 146 ta gol urgan va 33 marta golli pas bergan.

Fikrlar