Hasanboy Do‘smatov chorak finalda g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. Bokschimiz kamida 50 ming dollarni naqd qildi

  • 10.05.2023 14:15
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida chorak finallar boshlanmoqda.

-51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov yaponiyalik Tomoya Tsuboiga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 14:00da boshlanadi.

Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz ko‘k formada, uning raqibi qizil libosda harakat qiladi.

Birinchi raundni Hasanboy o‘z foydasiga hal etdi - 4:1.

Ikkinchi raundda ham vakilimiz ustunlikka erishdi - 3:2.

Oxirgi raund yaponiyalik bokschining foydasiga - 2:3. Yakuniy hisob 4:3 Hasanboy Do‘smatov foydasiga. Hamyurtimiz yarim finalga yo‘l olish bilan birga kamida bronza medalini naqd qildi. Shuningdek 50 ming dollarga ham.

hasanboy-01

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!