Hayotimdagi eng yaxshi tuygʻu

  • 13.05.2026 17:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Galatasaroy” hujumchisi Viktor Osimxen jamoa bilan Turkiya chempionligini qo‘lga kiritganidan so‘ng his-tuyg‘ularini baham ko‘rdi.

Superligada barcha raqiblarini ortda qoldirgan “Galatasaroy” o‘z tarixidagi 25-chempionlikni rasmiy taminladi. Ushbu muvaffaqiyatda Osimxenning hissasi juda katta bo‘ldi.

Nigeriyalik hujumchi chempionlikdan keyin bu g‘alabani “hayotimdagi eng yaxshi tuyg‘u”, deb atadi. U jamoa, muxlislar va butun klub bilan faxrlanishini ta’kidladi.

Viktor Osimxen mavsum davomida muhim gollari va hal qiluvchi o‘yinlardagi harakatlari bilan “Galatasaroy”ning yetakchi futbolchilaridan biriga aylandi.

Ushbu chempionlik klub muxlislari uchun ham tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, jamoa yana bir bor Turkiyaning eng kuchli klublaridan biri ekanini isbotladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!