
Hozir ayni payti!
Bugun Toshkentning "Paxtakor" jamoasi "Al-Hilol"ga qarshi Elit Chempionlar ligasi 1/8 final bochqichi javob uchrashuviini o‘tkazadi.
Dastlabki bahsda toshkentliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Shunday ekan, durang yoki har qanday hisobdagi g‘alaba "sherlar"ni keyingi bosqichga olib chiqadi.
Saudiya Arabistoni chempionatining amaldagi g‘oliblari so‘nggi paytlarda biroz muvaffaqiyatsizliklar girdobiga tushib qolgan. Jumladan, jamoa so‘nggi 5 ta uchrashuvning 3 tasida ("Paxtakor" 0:1, "Al-Ahli" 2:3, "Al-Ittihod" 1:4) raqiblariga imkoniyatni boy bergan.
Bundan tashqari, riyodliklar ayni vaqtda Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 2-pog‘onani band etib turibdi. Shundan kelib chiqsak, ayni vaqtda "Al-Hilol"ni yutsa bo‘ladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham raqib o‘ta kuchli, ammo kichik inqirozdan hozir foydalanib qolish kerak.
Fikrlar