"Humo" xokkeychisi: Imkoniyat bo‘lsa, yana Toshkentga qaytaman

TIGGO 2 PRO

"Humo" himoyachisi Roman Tatalin yangi mavsum faoliyatini Minskning "Yunost" jamoasida davom ettirishi haqida xabar bergan edik. Iqtidorli xokkeychi mavsum yakunlari haqida klub rasmiy saytiga intervyu berdi.

"Umuman olganda, mavsum yaxshi o‘tdi! - deya so‘z boshladi Roman. - Toshkent shahrining o‘zi hayratda qoldirdi. Uchrashuv davomida muxlislar bilan to‘lgan arenadagi atmosfera, iliq muhit hayron qoldirdi. Jamoaga va shaxsan o‘zimga nisbatan muxlislar tomonidan samimiylik va qo‘llab-quvvatlashga hali duch kelmagan edim.

Agarda, yana imkoniyat tug‘ilsa, "Humo"da o‘ynagan bo‘lar edim. Oliy xokkey ligasidani ko‘plab jamoalardan takliflar bo‘ldi, ammo o‘zimni Evropada, "Yunost-Minsk" jamoasi sinab ko‘rishga qaror qildim", - dedi Tatalin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!