"Humo"ning irodali g‘alabasidan so‘ng xokkeychimiz qanday fikrda?
Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida Samaraning TsSK VVS klubiga qarshi bahs olib bordi va overtaymda raqibidan 4:3 hisobida ustun keldi. Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar a’zosi, 92-raqam ostida shayba suradigan Anton Bogatskiy o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Ikkala jamoa ham bugun yaxshi o‘yin namoyish etdi. Yaxshiki, to‘rtinchi shaybani kiritib, overtaymda g‘alabaga erishdik. To‘rtinchi beshlikdagi yigitlar bilan bir-birimizni yaxshi tushunib harakat qilyapmiz, ammo omadsizlik tufayli raqib darvozasini ishg‘ol eta bilmayapmiz.
Albatta, overtaymda, so‘nggi daqiqada kiritilgan gol o‘zgacha hissiyotlarni taqdim etadi. O‘ylaymanki, bugun o‘ylab qo‘ygan rejalarimiz qaysidir ma’noda amalga oshdi", - dedi Bogatskiy.
Fikrlar