
Husanov "Manchester Siti"da nechanchi raqamda o‘ynashi mumkin?
Tez orada "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tgani rasman e’lon qilinadigan Abduqodir Husanov yangi jamoasida nechanchi raqamda harakat qilishi ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lib turibdi.
Hozirda 4-raqam bo‘sh lekin, lekin bu raqamning egasi Kalvin Filips bo‘lib, yarim himoyachi "Ipsvich"ga ijaraga berilgan va Husanov uning raqamini olish huquqiga ega emasligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Mish-mishlarga ko‘ra, Abduqodirning tanlashi mumkin bo‘lgan raqamlar ikkita: 15 va 45. Yaqin kunlarda bu savolga ham javob topiladi. Himoyachi hali Angliyaga etib kelmagan, u hali shartnomaga qo‘l qo‘yishi kerak.
Fikrlar