
Husanov nimalar qilayotganini hamma ko‘rib turibdi
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida “Manchester Siti” safar uchrashuvida “Nottingem Forest” bilan kuch sinashib, kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
Bellashuvda davomida Abduqodir Husanov to‘liq o‘ynadi va jamoasining eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘ldi.
Himoya markazida o‘zbek futbolchisi bilan birga harakat qilgan Ruben Diash hamkasbining iqtidori va mahoratiga yuqori baho berdi.
- Abduqodir Husanov hali ancha yosh, lekin shunga qaramay, juda zo‘r o‘ynayapti. Buni atrofdagi hamma ko‘rib turibdi.
Men bu galgi uchrashuvda ham u juda kuchli himoyachi ekanini haqiqatan yana bir his qildim, - dedi Ruben Diash.
20 yanvar kuni “Lans”dan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan Abduqodir Husanov yangi jamoasi safida barcha turnirlarda ettita uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar