Husanov o‘ynasa, Mbappega “non” yo‘q!

  • 16 fevral, 17:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ga 20 yanvarda ko‘chib o‘tgan Abduqodir Husanov yangi jamoasi safida uchinchi marotaba maydonga tushdi. Bu gal 20 yoshli markaziy himoyachi Angliyaning kuchli klublaridan “Nyukasl”ga qarshi to‘liq o‘ynadi.

Bosh murabbiy Xosep Gvardiola qishda olingan to‘rt nafar futbolchidan uchtasi – Umar Marmush, Niko Gonsales va Abduqodir Husanovni muntazam o‘ynatib kelmoqda. Shuningdek, ispaniyalik mutaxassis Braziliyadan olib kelingan 18 yoshli Vitor Reysni Angliya kubogi doirasidagi bahsda 45 daqiqa sinab ko‘rdi.

Abduqodir Husanov “Nyukasl”ga qarshi o‘tkazilgan bahsni yuqori darajada o‘tkazi. Ayni paytda manchesterlik muxlislar klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida o‘zbek futbolchisining o‘yinini keng muhokama qilmoqda.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga ijtimoiy tarmoqlarda Abduqodir Husanov haqida bo‘layotgan fikr-mulohazalarning bir qismini havola etadi.

Silveranus Collins:

Husanov haqiqatan zo‘r futbolchi ekan, jamoadan ketgan Kayl Uokerning o‘rnini egallaydi. Abduqodir biz muxlislar mehrini qozondi.

Jay Extrovert:

“Manchester Siti” yana g‘oliblik yo‘liga qaytdi. Husanov, Stounz, Gvardio himoyada mukammal o‘ynadi.

Stancy Ngwira:

Husanov jamoaga yaxshi joylashib olibdi. “Nyukasl”ga qarshi hamma yaxshi o‘ynadi. Balli chempionlar!

Mhî Rêh Kûl ʚĭɞ:

Husanov menga ham yoqdi. To‘p bilan yaxshi ishlar ekan. Birinchi o‘yindagi xatosini esdan chiqaramiz...

Ibrahim Khalil:

Hamma pozitsiyalarda o‘yin yaxshi bo‘ldi. Ederson porladi, Husanov juda xotirjam va kuchli o‘yin ko‘rsatdi. Gvardiola barqaror o‘ynadi. Marmush esa, o‘zga sayyoradan kelgan shekilli.

Elvis Katama:

Husanov o‘ziga nisbatan bosim bo‘lishiga yo‘l qo‘ymas ekan. Buni kimdir sezdimi?

To‘pni uzoq ushlamay, bir harakat bilan darrov sheriklariga etkazib beryapti. Ayniqsa, o‘zi o‘yin qoidasini buzganini ham tan olishni istamadi.

Caljosh:  

Husanov bu gal ancha xotirjam o‘ynadi. Oldinga bir necha marotaba zo‘r pas uzatdi. Bu futbolchi shiddatli va baquvvat, himoyachilar aynan shunaqa bo‘lishi kerak. Uni Madriddagi o‘yinda ham kutamiz.

Kings Kodwani:

Iltimos, keyingi o‘yinlarda Husanovni yana boshlang‘ich tarkibda maydonga tushiringlar!

Min James Sax:

“Real”ga qarshi o‘yinda Pep Gvardiola nega Abduqodir Husanovni o‘ynatmasdan Rikoni maydonga tushirganini tushunganim yo‘q.

Billy Ke:

Madriddagi uchrashuvda Gvardiola Husanovni boshlang‘ich tarkibda o‘ynatish haqida o‘ylayotgan bo‘lsa kerak, chunki u “Nyukasl” qarshi fantastik o‘yin namoyish qildi.

Paul Eric Peligro:

Abduqodir Husanov “shaharliklar”ning devoriga aylandi, endi bo‘lajak bahsda Kilian Mbappega “non” yo‘q!

 

Gvadiola Husanovdan nega hayratga tushganini aytdi!

O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqish imkoniyati qanday baholandi?

Fayzullaev Evropaga ketadigan qancha o‘zbek futbolchisi borligini aytdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!