
O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqish imkoniyati qanday baholandi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor futbol olamining eng nufuzli musobaqasi – jahon chempionatiga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘lib turibdi.
AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan bu galgi mundial saralash turnirining uchinchi bosqichida hamyurtimizlar ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Qoidaga ko‘ra, bu bosqichda oltita mamlakat terma jamoasi orasida dastlabki ikki o‘rinni egallaganlari to‘g‘ridan to‘g‘ri jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
TsSKA futbolchisi Abbosbek Fayzullaev mamlakatimiz bosh jamoasining jahon chempionatiga chiqish imkoniyatiga baho berdi.
- O‘zbekiston milliy terma jamoasida jahon chempionatiga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyat bor. Saralashning hal qiluvchi bosqichida to‘rtta o‘yin qoldi: ikkitasi safarda, ikkitasi uydi.
Jamoa uyushqoq, barcha yigitlar yaxshi. Tarkibda yoshlar va tajribali o‘yinchilar uyg‘unligi bor. Bu jamoaga yanada ko‘proq kuch bag‘ishlaydi, chunki tajribasi katta bo‘lgan o‘yinchilar biz yoshlarga har doim maslahat va yordam berib keladi. Bu biz uchun juda katta plyus.
Biz yoshlar kattalardan ko‘p narsa o‘rganamiz. Abduqodir Husanov “Manchester Siti”da, men TsSKAda o‘ynayotgan bo‘lsak-da, kattalardan o‘rganadiganlarimiz bor. Chunki yosh ekanmiz ko‘p narsani bilib borishimiz kerak.
Jahon chempionatiga yo‘llanma olib, xalqimiz orzusini ro‘yobga chiqarish nasib qilsin, - dedi Abbosbek Fayzullaev.
Darhaqiqat, O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati mintaqaviy saralash turnirining uchinchi bosqichida birinchi guruhda beshta mamlakat terma jamoalari bilan kuch sinashmoqda.
Hozircha, hamyurtlarimiz KXDRni ikki marotaba bir xil 1:0, Qirg‘izistonni 3:2, Birlashgan Arab Amirliklarini 1:0, hisobida mag‘lub etib, Eron bilan Toshkentda golsiz durang o‘ynadi, faqat bir bor safarda Qatarga 2:3 hisobida yutqazdi.
Jami 13 ochko jamg‘argan futbolchilarimiz guruhda ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Endi O‘zbekiston milliy terma jamoasi yangi bosh murabbiy Timur Kapadze qo‘l ostida yana to‘rtta uchrashuvda ishtirok etishi lozim.
Xususan, hamyurtlarimiz qolgan bellashuvlardan birinchisini 20 mart kuni Toshkentda Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi va besh kundan keyin Tehronda guruh peshqadami Eron mehmoni bo‘ladi.
Oxirgi ikki uchrashuv iyun oyiga belgilangan. Unda 5 iyun kuni terma jamoamiz Birlashgan Arab Amirliklarida o‘ynaydi. Saralash turnirining bu bosqichini 10 iyun kuni poytaxtimizda Qatarga qarshi o‘yin bilan yakunlaydi.
Gvardiola Husanovni o‘ynatish masalasida nimalar dedi? Muxlislarchi?
Fayzullaev Evropaga ketadigan qancha o‘zbek futbolchisi borligini aytdi
Husanov yana gol uradi! “Manchester Siti” Angliya kubogida sensatsiya ko‘targan o‘ta xavfli raqibga ro‘baro‘ bo‘ldi
Fayzullaev xavotirga solyapti!
Fayzullaev Husanov muhim voqeaga sababchi bo‘lganini aytdi!
Fayzullaev asosiy tarkibdan chiqarildimi?
Fikrlar