Husanov “Siti”dagi bir necha futbolchini qo‘shganda ham ulardan zo‘r ekan!

  • 8 fevral, 20:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” muxlislarining mehrini qozonishi uchun bitta uchrashuv kifoya qildi. Debyut o‘yini “Chelsi”ga qarshi bahsga to‘g‘ri kelgan va golga sababchi bo‘lgan legionerimiz Angliyadagi ilk sinov unga salbiy ta’sir qilmagani, aksincha, irodasini toblaganini ko‘rsatdi.

Xosep Gvardiola shogirdlari Angliya kubogi 1/16 finalida quyi liga vakili “Leyton Orient”ga ro‘baro‘ bo‘ldi.

Bu uchrashuv ham “shaharliklar” uchun o‘ta omadsiz boshlanib, darvozabon Shtefan Ortega 16-daqiqada o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. Birinchi bo‘limni boy bergan Xosep Gvardiola tanaffusdan keyin darrov maydonga markaiy himoyachilar – Jon Stounz va Abduqodir Husanovni tashladi.

Abduqodir 56-daqiqada to‘p kiritib, jamoasini sharmandali mag‘lubiyatdan qutqardi. G‘alab golini Kevin de Bryuyne urdi – 2:1.

Ayni paytda “Manchester Siti”ning butun dunyo bo‘ylab tarqalgan muxlislari Abduqodir Husanov o‘yiniga o‘z munosabatlarini bildirmoqda.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga legionerimiz haqida “Manchester Siti”ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida bildirilayotgan fikr-mulohazalarni havola etadi.

Abdelrhman Mustafa:

Abduqodir Husanov xatosini to‘g‘rilay oldi. Gap yo‘q!

Trône Dan:

Iqtidorli o‘yinchi ekani bilindi, endi ko‘proq o‘yin amaliyoti berish kerak.

Mohamad Anis:

Nihoyat, shu yigitning tabassumini ko‘rdik.

Unusual Bae:

Ajoyib debyut gol bilan tabriklaymiz. O‘ynamasa sog‘inib qoladigan bo‘ldik.

Bismark Aboagye:

Qahramonlik ko‘rsatishda davom et, Abduqodir!

STATISTICS BET:

Shu yigit zo‘r futbolchi, deb aytgandim.

Ashley Nicole:

Husanov bugun o‘z vazifalarini a’lo darajada uddaladi. Bu yigit o‘z kuchini yaxshi biladi, shekilli.

Abir Hossain:

Salohiyati yuqori ekani shundoq bilinib turibdi.

Tsitsi Precious Chikungwa:

Husanovning himoyalanish qobiliyati Akanjinikidan ancha ustun ekan.

Sheldon Achanga:

Barcha futbolchilar orasida Husanov ko‘proq yoqdi.

Chan Sultan Matwic:

Akanjidan kuchli ekan.

Mca Johntyz:

Abduqodir bizga qarzini qaytardi. Shu yigitning qo‘llab-quvvatlaylik.

Sane Omosh Austino:

Husanovning bir o‘zi Akanji, Ortega va yana bir nechtasini qo‘shib hisoblaganda ham ulardan zo‘r ekan!

Vladislav Grechixin:

Abduqodirning o‘ziga ishonchi ko‘rinib turibdi. Shunday davom et.

Musaib Bhat:

Bugungi o‘yiniga qarab, kelajakda dunyodagi eng zo‘r markaziy himoyachi bo‘lishiga ishondim.

Shomurodov haqida o‘zbeklar kutgan xabar!

Raqiblar murabbiyi: Shomurodov yoqmaydi, desam ahmoq bo‘laman!

Bir gol sabab, endi Shomurodov bizga raqib!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Faxriddin
10/02/2025 17:36
Шу гаплар рост бўлса хурсандман