Husanov terma jamoaga katta syurpriz bilan keladigan bo‘ldi!

  • 08.10.2024 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa top-ligalari jamoalari FIFA kunlari munosabati bilan qisqa tanaffusga chiqadi. O‘zbekiston terma jamoasining Evropa maydonlarida o‘ynayotgan futbolchilari ham milliy chempionatlardagi navbatdagi uchrashuvlarini o‘tkazib bo‘ldi.

Italiyadagi Eldor Shomurodov ham “Roma”da o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. Frantsiyadagi Abduqodir Husanov “Lans”ning haqiqiy tayanchiga aylandi. Rossiyadagi Abbosbek Fayzullaev TsSKAning asosiy o‘yinchisi darajasini ushlab turibdi.

Evropada ko‘nchilikning e’tiborini Abduqodir Husanov tortmoqda. “Lans” chempionatning ettinchi turida “Strasbur” maydonida 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Lansliklarning bir ochkoga ega bo‘lishida 20 yoshli legionerimizning hissasi katta bo‘ldi.

Nufuzli manba –  LENSOIS.COM portali odatga ko‘ra, “Lans”ning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun muxlislar o‘rtasida an’anaviy so‘rovnoma o‘tkazdi.

Qizig‘i shundaki, bu gal ham Abduqodir Husanov eng ko‘p ovoz to‘pladi va “Lans”ning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

So‘rovnoma natijalari quyidagicha bo‘ldi:

Abduqodir Husanov : 70,44%

Endi Diuf : 11,52%

M'Bala Nzola : 10,94%

Qolganlar: 5% foizdan kam

LENSOIS.COM izohi:

Abudqodir Husanov “Strasbur”ga qarshi uchrashuvda havoda ham, erda ham juda ishonchli o‘ynadi. Ayniqsa, bellashuvning so‘nggi daqiqalarida raqibning oxirigi hujumida to‘pni o‘z uslubida – keskin podkat bilan qaytarib yuborib, jamoasini goldan saqlab qolgani kulminatsion nuqta bo‘ldi.  

O‘zbek himoyachisi raqiblarning hujumlarini bo‘g‘ib qo‘ydi, jamoadoshlarining xatolarini tuzatishda faollik ko‘rsatdi. Ayniqsa, himoya chizig‘idagi sheriklarini o‘z soyasida qoldirdi.

Husanov o‘z o‘yinida kerakli muvozanatni topdi, mahorat va shiddat chegarasini aniqlab oldi.

Yana bir e’tiborga molik jihat, Husanov to‘pni olib hujumga o‘tishni odatga aylantirayapti. Uning harakatlari odamni jumbushga keltiryapti.

Shuningdek, “Lans” muxlislari ham Abduqodir Husanovning o‘yiniga o‘z munosabatini bildirmoqda.

Loulou59:

Endi Abduqodir Husanovni to‘xtatib bo‘lmaydi. Aytishganidek, u “monstr”ga aylanib bo‘ldi. Olg‘a, “Lans”!

Tony:

Husanovning boshlang‘ich tarkibda o‘ynayotgani ham, uchrashuvlarning eng yaxshi o‘yinchisi,  deb e’tirof etilayotgani ham haqiqatan adolatdan bo‘lyapti. Har qanday so‘rovnoma yakunlanmay turib, Abduqodir Husanovning g‘alabasini taxmin qilish odatga aylanib qoldi. Baribir u eng zo‘ri bo‘lib chiqaveradi.

Tralla:

Abduqodir hali ishlov berilmagan olmos. Uning yordamida bu jamoa kuchli to‘rtlikdan joy olishga qodir.

Eslatib o‘tamiz, endi Abduqodir Husanov 2026 yilgi jahon chempionatining saralash uchrashuvlarida ishtirok etish uchun Toshkentga keladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z muxlichlari ko‘z o‘ngida  ikki asosiy raqib – Eron va Birlashgan Arab Amirliklari bilan muhim o‘yinda maydonga tushadi.

TsSKAni “qora an’ana”dan qutqargan Fayzullaev nimalar dedi?

Husanov qarshisida Frantsiya hujumchilari titraydigan bo‘lib qoldi...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
faxriddin bozorov
09/10/2024 15:12
Ишлов берилмаган олмос ярқирамайди-ку!