
Husanov uchun "Arsenal"ga qarshi o‘yin - yomon xotiralar
APL 24-turi doirasida "Manchester Siti" "Arsenal" maydoniga safar qiladi. Ushbu o‘yinda hamyurtimiz Abduqodir Husanov ham maydonga tushishi (hech bo‘lmasa zaxiradan) kutilyapti.
Husanov bunga qadar ham u "Lans" safida "Arsenal"ga qarshi maydonga tushgan. Bu 2023 yilning 23 noyabrida sodir bo‘lgan. O‘sha bellashuvda Husanov 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushadi va bir daqiqa o‘tib, sariq kartochka oladi. Shuningdek, legionerimiz ushbu o‘yinda jamoasi darvozasiga penalti belgilanishiga sababchi bo‘lgan.
Yakunda uning jamoasi London grandiga 0:6 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, "Arsenal" - "Siti" bahsi yakshanba kuni 21:30da start oladi. Ushbu o‘yinni "Siti" himoyachilari Natak Ake hamda Ruben Diash o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar